Fotima dugonasi Yulduzni, uning sevgilisi Jahongir boshqasiga uylanayotganidan ezilayotganligini koʼrib, uning koʼnglini koʼtarmoqchi boʼladi. Buning uchun, u Yulduzni togʼdagi dadasining dala hovlisiga, oʼz mashinasida olib ketadi. Qizlar dala hovliga yetib borishgan vaqtda, u yerdagi qorovul Mardon aka bir yigitga behayo bir qiz bilan koʼngilxushlik qilishi uchun, dala hovlini ijaraga berib turgani maʼlum boʼladi. Qorovul buning evaziga yigitdan pul olgan edi. Fotimani bundan jahli chiqib ketadi. Jahl ustida telefonini olib, qorovulning qilmishini dadasiga aytmoqchi boʼlganida, Mardon aka “yoʼq, aytmang, meni haydab yuboradilar” deb, qizning qoʼliga yopishadi. Fotima va Yulduz unga qarshilik qilishadi. Mardon aka gavdasini ushlolmay zinadan pastga yiqilib, oʼsha yerning oʼzida joni uziladi. Oʼzlari kutmagan holda qotillik qilib qoʼygan qizlar qoʼrqib ketishadi. Chunki, tunni shu yerda oʼtkazishlari kerak edi. Ular qanday yoʼl tutishadi? Mardon aka rostdan ham vafot etdimi? Qizlarni oldinda vahimali tun kutardi...