Ijarachilar Goʼzal va Kamron tasodif sabab, bitta kvartirani oʼzlari bilmagan holda ijaraga olishadi. Goʼzalga kvartirani Sanobar opa ijaraga bergan edi. Uning eri Botir esa, kvartirani Botirga bergan. Ikkovi ham, bir-biridan bexabar, 6 oyga ijara pulini toʼlashgan. Buning ustiga, kvartira egalari Londonga ketishgan va yarim yildan soʼng qaytishadi. Noiloj puliga kuyib qolmaslik uchun, Goʼzal va Kamron bir kvartirada yashashlariga toʼgʼri keladi. Ular bir-birlarining hayotlarini muammoga toʼldirib, doʼzaxga aylantirishadi. Kunlardan bir kuni esa, u yerga Goʼzalni bu holatdan bexabar onasi mehmonga keladi. U qizi yashayotgan kvartirada Kamron, yaʼni yigit kishini koʼrib, dahshatga tushadi!