
О фильме
Lolaning eri oddiygina duradgor. Oʼzini esa doʼkoni bor va u yerda turli kiyim-kechaklar sotadi. Uni Oʼtkir degan jazmani boʼlib, unga tezroq eridan ajralish va unga turmushga chiqishni taklif etadi. Layloning esa, boshi qotgan. Qanday qilib, eri bilan ajralishni oʼylaydi. Bir kuni Layloning eri, oʼzi, xotini va oʼgʼli Аzizga bozordan “qishda kiyamiz” deb, kalish olib keladi. Bu esa, Layloga zoʼr bahona boʼladi. U “Meni shu qayoqdagi kalishga ravo koʼrdingizmi? Men kalish kiymayman!” deb, janjal chiqarib, eri bilan urishib uydan ketadi. Soʼng, uni eri doʼkonida, oʼsha jazmani Oʼtkir bilan koʼrib qoladi. Jahl bilan oʼgʼli Аzizni qaytarib olishini aytib, urishadi. Laylo esa, Oʼtkirdan yordam soʼraydi. U yordam berishga vaʼda qiladi. Lekin, Oʼtkir aslida uning dugonasi bilan yaqin munosabatda boʼlib, aslida Layloning pullarini shilib olish uchungina unga xushomad qilib yurgandi. Laylo Oʼtkirning yolgʼonlari va dugonasining xiyonatidan xabar topadimi?
Страны:
Жанры:
Длительность:
0 мин
Ограничение:
12+
Языки:
en
Оценки: