«Notanish qotil» (Нотаниш котил, комедия, драма, узбекистан, 2016) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Notanish qotil

Нотаниш котил

--
--
16+
Год:2016
Jamol aka badavlat, obroʼli inson boʼlsa ham, bir jinoyatda ayblanib, qamoqqa olinish arafasida edi. Bu esa, uning obroʼsiga toʼgʼri kelmasdi. Uning oʼgʼli Baxtiyor ham xorijdagi oʼqishini tugatib, uyga qaytayotgan edi. U oʼgʼlining koʼz oldida jinoyatchi boʼlib koʼrinishni istamasdi, albatta. Qolaversa, qizining ham boʼyi yetib qolgandi. Shuning uchun ham, Jamol aka qoʼl ostidagi Ikromga oʼzini himoya qilish uchun, yaxshi advokat topishni buyuradi. Mansur aynan Jamol aka istagan advokat boʼlib, sudda uni qoyilmaqom qilib, himoya qiladi. Natijada, Jamol aka sud zalidan ozod qilinadi. U Mansurdan juda minnatdor boʼlib, xayrlashadi. Mansur esa, shu kuni otasini qutqargani uchun oʼziga minnatdorchilik bildirgan Jamol akaning qizi Niginaga koʼngil qoʼyadi. Lekin, Mansur advokat sifatida Jamol akani qutqarib qolgani, hali uning oʼziga qanchalik qimmatga tushishini bilmasdi. Oradan bir necha kun oʼtib, Mansurning ukasi fojeaviy halok boʼladi, chunki u giyohvand moddaga oʼrganib qolgandi. Mansur ukasining qotillaridan qasos olishga chogʼlanadi. U oʼz maqsadiga erisha oladimi? Ukasining qotili kimlar oʼzi? Mansur va Niginaning muhabbati taqdiri qanday kechadi? U va Nigina uchun hayot sinovlari hali oldinda edi...