Tolib akaning maqsadi Mahallaga rais boʼlish. Аmmo, uning bu borada bir raqibi bor. U Mahmud aka! Mahmud akaning oʼgʼli Аnvar esa, Tolib akaning qizi Gulini sevadi. Аmmo, Mahmud aka Tolib akaning hovlisini sotib olish niyatida! Qoʼshnisi Gʼulom aka boʼlsa, xotini bilan birga uning doʼkoniga koʼz tikishgan. Xullas, Tolib aka mahalla raisi boʼlish dardida chalgʼib, hovlisinini Mahmud akaga, doʼkonini boʼlsa, Gʼulom akaga arzonga sotib qoʼyadi. Shu ish tufayli Аnvar va Gulining munosabatlariga ham putur yetadi. Mahalladoshlar esa, Tolib akaning rais boʼlishini istashmaydi. Tolib aka bundan tushkunlikka tushib qoladi. Uning oldida endi hovlisi va doʼkonini qaytarib olish muammosi turardi. Qoʼshnilar osongina ega boʼlgan mulklarini unga qaytarisharmikan? Guli va Аnvarning munosabatlari nima boʼladi? Shuncha yillik muhabbat yakun topishi mumkinmi?